Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oliy bosh qo‘mondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan:
- oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun «Oliy bosh qo‘mondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi;
- o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
- Bundan tashqari, yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.
- Shuningdek, yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan «Yashil tashabbuslar»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Mazkur jamg‘arma 10 milliard so‘mgacha miqdorda shakllantiriladi.
Mavzuga oid
14:00 / 01.05.2022
SSV: Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari va malakali shifokorlarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi
07:44 / 01.11.2021
Harbiylarni oliy harbiy ta'lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan mablag‘lar undirib olinadi
08:36 / 23.10.2021
Oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalarida o‘qish kamida 3 yil davom etishi belgilandi
07:57 / 28.09.2021