Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi
Shuningdek, davlat rahbari milliy aviakompaniya oldiga xalqaro bozorda aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘yicha «jiddiy vazifa» qo‘ydi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishni topshirdi. Bu haqda kompaniya raisi Shuhrat Xudoyqulov prezidentning xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishidan so‘ng «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shuhrat Xudoyqulovning so‘zlariga ko‘ra, bu kelajakda aviatashuvchiga xarajatlarni kapitallashtirishga, shuningdek, «chiptalar narxini ushlab turishga, bozorda moslashuvchan va respublika aholisi uchun qulay bo‘lishga» imkon beradi.
«Prezident bizning oldimizga aviachiptalar narxini oshirmaslik va bu jarayonni ma’lum darajada nazorat qilish vazifasini qo‘ymoqda», — deydi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi raisi.
Shuningdek, Xudoyqulov milliy aviakompaniya oldiga xalqaro bozorda aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘yicha «jiddiy vazifa» qo‘yilganini aytdi. Bu ish bilan Uzbekistan Airways qoshida tashkil etilgan transformatsiya ofisi shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyida prezident Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. «Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz. Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yo‘lovchilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakka-yu yagona yo‘limiz shu», – degan edi o‘shanda prezident.
Joriy yil fevral oyida esa O‘zbekistonda aviachiptalarning o‘rtacha narxi 22,4 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin

10:06 / 12.05.2025