Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 29 mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida bo‘ladi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025