Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tegishli idoralar bilan aloqada bo‘lib, vaziyatni hushyorlik bilan kuzatmoqda.
28 mart kuni Myanma va Tailand hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilgani yo‘q. Bu haqda 28 mart kuni O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «diplomatlar mamlakatning tegishli idoralari bilan aloqada bo‘lib, vaziyatni hushyorlik bilan kuzatmoqda».
28 mart kuni Myanma hududida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi markaziy nuqtasi Mandalay shahridan 17,2 kilometr joyda, 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Yer silkinishi Tailand, Bangladesh, Hindiston, Xitoy va Laos hududlarida ham sezilgan.
Myanmada halok bo‘lganlar soni mingdan oshgani xabar qilindi, Tailandda ham o‘nlab qurbonlar qayd etilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
22:38 / 13.05.2025