Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi zilzila oqibatida 694 kishi halok bo‘ldi
Myanmada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 694 kishiga, jarohatlanganlar soni 1670 nafarga yetdi.
Myanmadagi kuchli zilzila oqibatida 694 kishi halok bo‘ldi, 1670 kishi jarohatlandi, deb yozadi TASS Agence France-Presse'ga tayanib.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 28 mart kuni qayd etilgan kuchli silkinishlar deyarli butun mamlakat bo‘ylab vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab turar joy binolari, ma’muriy binolar va shifoxonalar qulagan.
28 mart kuni ertalab Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, uning episentri Mandalay shahri yaqinida joylashgan. Mamlakatda bir qator binolar shikastlangan, ko‘plab odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Yer silkinishlari Irravadi daryosi ustidagi ko‘prikning qulashiga va tarixiy Mandalay saroyining qisman vayron bo‘lishiga olib keldi. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi.
Rasmiylar oltita hududda favqulodda holat e’lon qildi: Sikayn, Mandalay, Pegu, Mague, sharqiy Shan shtati va poytaxt Neypidoda. Myanma bosh vaziri, general Min Aun Xlayn xalqaro hamjamiyatni yordam berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
22:38 / 13.05.2025