Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi
Bunga Donald Tramp yanvar oyida AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti a’zoligidan chiqishini e’lon qilgani sabab bo‘lmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) moliyalashtirishdagi muammolar sabab xodimlari soni va faoliyati ko‘lamini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda tashkilotning ichki hujjatlariga tayanib Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, xodimlarning qisqartirilishiga AQShning JSST a’zoligidan chiqqani sabab bo‘lmoqda.
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyyesus imzolagan hujjatda keltirilishicha, qisqartirish barcha darajada va mintaqalardagi xodimlarga, jumladan, Jyenevadagi rahbariyat vakillariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlanishicha, JSST fevral oyida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan budjetini 5,3 milliard dollardan 4,9 milliard dollarga qadar qisqartirgan.
JSSTda 9,4 ming kishi faoliyat yuritadi. Ularning chorak qismi Jyenevada ishlaydi. Hujjatda aytilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlar bilan tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddati bir yil bilan cheklashni e’lon qilgan.
Donald Tramp yanvar oyida AQSh JSST a’zoligidan chiqishini e’lon qilgandi. Vashington tashkilotning taxminan 18 foiz moliyalashtirishini ta’minlagan va uning eng yirik homiysi bo‘lgan. Daromadlarning qisqarishi munosabati bilan JSST yangi mablag‘ manbalarini, jumladan, davlatlar va xususiy donorlar tomonidan moliyalashtirishni topishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati davrida ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatgan edi. Trampning fikriga ko‘ra, tashkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi haqida «noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishi»ga yordam bergan, bu kasallik ko‘proq avj olishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025