Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Xo‘jandga boradi
Tashrif davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi.
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 31 mart kuni amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tadbir yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbarlari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 29 mart kuni Olmaota shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuvda ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025