Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Ali Xominaiy shuningdek, Eron ichida isyonni qo‘zg‘atish haqidagi fikrlar ham e’tibordan chetda qolmasligi haqida ogohlantirdi.

Foto: AP
Agar AQSh Eronga zarba berishga yoki ichkaridan isyon ko‘tarishga harakat qilsa, u «kuchli javob zarbasiga» duch keladi. Bu haqda dushanba kuni Eron oliy rahbari Ali Xominaiy ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
«AQSh va Isroil tomonidan har doim dushmanlik bo‘lib kelgan. Ular bizga hujum qilish bilan tahdid etmoqda, biz buni ehtimoldan yiroq deb hisoblaymiz. Ammo, agar ular bunga jazm qilsa, kuchli qarshi hujumga duchor bo‘ladi», dedi Xominaiy.
Xomanaiy shuningdek, Eron ichida isyonni qo‘zg‘atish haqidagi fikrlar ham e’tibordan chetda qolmasligi haqida ogohlantirdi.
«Agar ular (AQSh) avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, mamlakat ichida isyon boshlashni o‘ylayotgan bo‘lsa, Eron xalqi ular bilan o‘zi shug‘ullanadi», dedi u.
30 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishmasa, bombardimon qilish bilan tahdid etdi.
Avvalroq, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon AQSh bilan yadroviy dastur bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni rad etdi, ammo bilvosita aloqalar o‘rnatish imkoniyati borligini aytdi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025