O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildi.

Tojikistonning Xo‘jand shahridagi sammit madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xo‘jand qal’asiga tashrif buyurib, uning tarixi bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, bu noyob majmuaning qurilishi miloddan avvalgi IV-V asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalar natijasida o‘sha davrda birinchi qal’a bunyod etilganligi aniqlangan.
1999 yilda qayta ta’mirlash ishlaridan so‘ng qal’a yonida 28 mingdan ortiq eksponatni o‘z ichiga olgan o‘lkashunoslik muzeyi ochildi.
So‘nggi restavratsiya ishlari jarayonida qal’a devorlari, arki va darvozalari qayta tiklandi, ma’muriy bino, hunarmandchilik do‘konlari qurildi, Xo‘jandning qadimiy hovlilari namunalari yaratildi.
Hududda tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta ko‘rgazma zalidan iborat majmua barpo etilgan. 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomchilik, adras to‘qish, so‘zana tikish, tosh o‘ymakorligi, temirchilik va kulolchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildi.
Mavzuga oid

21:16 / 29.04.2025
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

19:45 / 29.04.2025
Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi

17:34 / 28.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

18:15 / 27.04.2025