O‘zbekiston | 11:37 / 31.03.2025
3627
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini va birodar xalqlarni samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.

2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Samarali hududlararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani ta’kidlandi.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashdilar.

b4d6525b-5a59-0041-36d5-eaa570e8d266_lists_slider_7999.jpg

Mavzuga oid