O‘zbekiston | 09:43 / 31.03.2025
2273
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etadi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga jo‘nab ketdi.

Mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etadi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mavzuga oid