Jahon | 15:00 / 31.03.2025
4216
3 daqiqa o‘qiladi

Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

Yyel universiteti falsafa professori Jyeyson Stenli, tarixchilar Timoti Snayder va Marsi Shor AQShdan Kanadaga ko‘chib o‘tyapti.

Foto: courtesy image

Fashizm tadqiqotchisi, Yyel universiteti falsafa professori Jyeyson Stenli Amerikaning nufuzli universitetini tark etib, AQShni ko‘chib ketmoqda. Taniqli tarixchi Timoti Snayder va uning rafiqasi, fashizmni o‘rganishga ixtisoslashgan Marsi Shor ham xuddi shunday qarorni 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlaridan keyin ham e’lon qildi. Ularning barchasi 2025 yil kuzidan boshlab Toronto universiteti qoshidagi Piter Munk xalqaro munosabatlar va davlat siyosati maktabida dars beradi. Stenli buni 29 mart, shanba kuni e’lon qilingan Zeit Online gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jyeyson Stenlining so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiya universiteti Tramp ma’muriyati talablarini bajarish uchun o‘zining norozilik siyosati, xavfsizlik tartib-qoidalari va Yaqin Sharq tadqiqotlari bo‘limini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilganidan keyin iste’foga chiqishini aytgan. Bu ta’lim muassasasidan davlat tomonidan ajratilgan 400 million dollar (369 million yevro) mablag‘ olib qo‘yilgani fonida amalga oshirildi.

«Universitetni moliyalashtirishdan mahrum qilish uchun hech qanday qonuniy asos yo‘q edi. Bu masxarabozlik. Kolumbiya nima qilyapti? Ular o‘zlaridan so‘ralgan hamma narsani bajaryapti», dedi Stenli.

«AQShda hamma hozir faqat bitta narsani xohlayapti: omon qolish»

«Qo‘shma Shtatlarda hamma hozir faqat bir narsani xohlayapti: omon qolish. Gazetalar, universitetlar, yuridik firmalar — hamma faqat o‘zini o‘ylayapti. Biz birga bo‘lishimiz kerak. Kolumbiya hujumga uchraganda, Yyel va boshqa universitetlar birdamlik ko‘rsatishi kerak edi. Bu sodir bo‘lmadi, - dedi u. - Hamma keyingi Kolumbiya bo‘lishdan qo‘rqyapti».

«Hozir biz ko‘rayotgan narsa - fashizm, deya qo‘shimcha qildi Tramp siyosatini tanqid qiluvchi Stenli va shunday prognoz berdi: -Hukumat aralashuvi kuchayadi va u tizimli bo‘ladi».

Mavzuga oid