Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Ular o‘z faoliyati natijasida odamlardan 1,32 mld dollardan ortiq pul undirishga muvaffaq bo‘lgan.
Turkiya huquq-tartibot idoralari mahalliy aholidan 1,32 million dollardan ortiq pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan jinoiy guruhni fosh etdi. Ular soxta «xazina» xaritalaridan foydalanib, odamlarni chuv tushirib kelgan, deb yozadi Hurriyet gazetasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Tunjyeli viloyatining qishloqlarini kezib, mahalliy aholiga yashirin xazinalarni topishni taklif qilgan.
Ular qadimgi ko‘rinishga keltirilgan qo‘lda chizilgan xaritalarni ko‘rsatib, atrofda qimmatbaho artefaktlar ko‘milganiga odamlarni ishontirgan. Firibgarlarga aldanib, qishloq aholisi qazish ishlarini boshlagan va yer ostidan haqiqatan ham qadimiy haykalchalar topilgan. Biroq keyinchalik bu artefaktlarni firibgarlarning o‘zi oldindan ko‘mib qo‘ygani aniqlangan.
Firib shu bilan tugamagan. Jinoiy sxemaga o‘zini ruhoniy sifatida ko‘rsatgan shaxs ham qo‘shilgan. U videomuloqot orqali xazina izlovchilarni haykalchalarni Turkiyada sotish imkonsiz ekaniga, biroq chet elda ularga talab borligi ishontirgan.
Soxta ruhoniy «o‘z yordami» evaziga pul talab qilgan, natijada firibgarlar 1,32 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchilar aldanganliklarini juda kech tushunib yetgan.
Mahalliy aholi shikoyatlaridan so‘ng jandarmiya to‘qqizta viloyatda maxsus operatsiya o‘tkazgan. Natijada, 25 kishi qo‘lga olingan, ulardan haykalchalar, SIM-kartalar, qurollar va xorijiy valuta musodara qilingan. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025