Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, O‘zbekistonda san’atkorlardan soliq undirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini to‘g‘rilab topshirish bo‘yicha imkoniyat beriladi. 2027 yil 1 yanvardan san’atkorlar o‘z daromadlarini to‘liq ko‘rsatmasa yoki soliqlardan qochsa, soliq nazorati tekshiruvlari o‘tkazilish orqali soliqlar majburiy undirilishi nazarda tutilmoqda.
2027 yil 1 yanvardan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy tartibda undirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
Mubin Mirzayevga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda san’atkorlardan soliq undirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.
“San’atkorlar, qo‘shiqchilar amaldagi tartib bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirishi va o‘z daromadlarini ko‘rsatishi kerak. Shu asosda soliqqa tortilishi lozim. Juda ko‘p san’atkorlar bunga rioya qilmayapti, o‘z daromadlarini to‘liq deklaratsiyalamayapti. Shu sabab ulardan soliq undirilmayapti.
Hozir xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida qaror loyihasini tayyorlayapmiz. San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini to‘g‘rilab, topshirish bo‘yicha imkoniyat beriladi. Ya’ni kamchiliklari bo‘lsa, ko‘rsatib, to‘g‘rilashga yordamlashyapmiz. 2027 yil 1 yanvardan boshlab agar ular o‘z daromadlarini to‘liq ko‘rsatmasa yoki soliqlardan qochsa, biz soliq nazorati tekshiruvlari o‘tkazib, soliqlarni hisoblaymiz va undiramiz”, dedi qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda 18 mln nafardan ortiq jismoniy shaxslar daromadga ega va ularning barchasi soliq to‘lashi kerak. Bugungi kunda respublikada to‘lanmagan faol soliq qarzdorligi 8,5 trln so‘mga teng.
Oldinroq Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekistonda 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerakligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
19:00 / 17.03.2025
Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
21:14 / 26.02.2025