Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ayol 180 ta kimyoterapiyani boshdan o‘tkazdi
47 yoshli Jyeymi Komer to‘qqiz yil davomida kimyoterapiyaning 180 ta seansini boshdan kechirdi, biroq u saratonni yenga olmadi.
Foto: Youtube / ABC7 News Bay Area
People’ning yozishicha, 2016 yilda Komerga yo‘g‘on ichak saratonining to‘rtinchi bosqichi tashxisi qo‘yilgan. O‘sha paytda ayolning o‘ng tomonida 45, chap tomonida esa 12 ta o‘smasi bo‘lgan. O‘smalar jigar va boshqa a’zolarga tarqalgandi. Shifokorlar ayolning yarim yildan ko‘p yashamasligini aytgan. Shunga qaramay davolash boshlangan.
Komer yettita jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi, shundan so‘ng kimyoterapiya kursi o‘tkaziladi. Ayol haftasiga uch marta muolajaga borardi — jami yetti kun davomida u muolajalar uchun 11 soat vaqt sarflardi. To‘qqiz yillik davolanish davomida ayol 180 ta seansda qatnashadi. 2025 yilda esa shifokorlar uni tuzalmas kasal deb topadi.
Hozir Komer hospisda. Ayolning ta’kidlashicha, agar kasallik ertaroq aniqlanganda, uni davolash mumkin bo‘lardi. U kasallikni o‘z vaqtida aniqlash uchun albatta kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tish lozimligini ta’kidlaydi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025