Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Toshqindan omon qolgan hayvonlar balandliklardan qo‘nim topgan. Ularga vertolyotlar yordamida ozuqa tashilmoqda.
Avstraliyaning Kvinslend shtati hududida kuzatilgan noodatiy kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi.
Avstraliya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 500 ming kilometr kvadrat maydon suv ostida qolgan — bu Fransiya hududida teng demak. Toshqinlar rekord darajada kuzatilgan yomg‘irlar bilan bog‘liq — qit’aga bir hafta ichida 500 millimetr yomg‘ir yoqqan bo‘lib, bu bir yillik normaga teng.
Kvinslend qishloq xo‘jaligi vaziri Toni Perrett vaziyatni «suv chekinishni boshlagani sayin ko‘lami ortib boradigan halokat» deb atadi. Ko‘plab fermalar deyarli barcha yirik shoxli chorvalari, qo‘ylar, ot va echkilaridan ayrilgan.
Toshqindan omon qolgan hayvonlar balandliklardan qo‘nim topgan. Ularga vertolyotlar yordamida ozuqa tashilmoqda.
Olimlar ekstremal ob-havo hodisasini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda. Qurg‘oqchil G‘arbiy Kvinslend misli ko‘rilmagan inqirozga duch keldi: suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan xo‘ajliklar qayta tiklanishiga yillar kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025