Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha AQSh bilan 2 mlrd dollarlik havo hujumidan mudofaa bo‘yicha shartnoma tuzadi
Polsha va Amerika Qo‘shma Shtatlari Patriot havo hujumidan himoyalash tizimini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deyarli 2 mlrd dollarlik shartnomani imzolaydi.
Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Polsha osmonining xavfsizligi bebaho», – dedi Kosinyak-Kamish. Uning ta’kidlashicha, raketaga qarshi mudofaa va AQSh bilan hamkorlik ustuvor vazifalar hisoblanadi.
Keyinchalik vazir Reuters agentligiga shartnoma qiymati taxminan 2 mlrd dollar ekanini tasdiqladi.
AQSh bilan tuzilayotgan kelishuv Patriot tizimini moddiy-texnik ta’minlashga oid bo‘lib, u texnik qo‘llab-quvvatlash tarkibiy qismlari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
Polsha Mudofaa vazirligining ma’lumot berishicha, mazkur kelishuvning bajarilishi Wisla dasturining asosiy qismi hisoblangan Patriot qo‘llanma uskunalarini operativ tayyor holatga keltirishga imkoniyat yaratadi. 2018 yili Varshava Patriot tizimining ilk ikki batareyasini AQShdan sotib olgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025