Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Tszyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror oshib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi qo‘shma loyiha va korxonalar soni ko‘paymoqda.
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yuqori baholandi. Joriy yilda navbatdagi Hududlar forumi va Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va sanoatlashtirishni jadallashtirish kabi sohalarda yanada kengaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy va professional ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid

21:17
Shavkat Mirziyoyev Yevrokengash prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

17:28
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

23:16 / 01.04.2025
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi

18:53 / 01.04.2025