Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Oliy darajadagi tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari uch mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida birodar xalqlarni bahoriy yangilanish bayrami Navro‘z va muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan qutladi.
«Bugun xalqlarimiz uchun haqiqatan ham katta va uzoq kutilgan bayram. Biz uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi haqidagi tarixiy shartnomani imzoladik. Bundan buyon chegaralar – birodarlik chiziqlari, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va hamkorlik makonidir», — dedi prezident.


Muzokaralarda ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar sonini ko‘paytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.
Madaniy tadbirlar, ijodiy festivallar, yoshlar forumlari, sport musobaqalarini muntazam o‘tkazib borishga alohida e’tibor qaratildi.
«San’at chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi odamlarni birlashtirish. Uch mamlakatning iste’dodli san’at ustalari ijrosidagi bugungi konsert ham madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va mushtarakligini yana bir bor namoyish etadi», — dedi so‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev.


Shu bilan O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Oliy darajadagi tadbirlarga boy dastur doirasida Xo‘jand shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etdi.
Do‘stlik stelasining ochilish marosimi va uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi bo‘lib o‘tdi.
Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

12:30 / 27.05.2025