Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
«Umid qilamizki, bu kelishuv yanada kengroq iqtisodiy imkoniyatlarga, uch mamlakat xalqlari o‘rtasidagi yaqin aloqalarga va umuman mintaqaning mustahkamlanishiga olib keladi», deyiladi bayonotda.
AQSh Tojikistonning Xo‘jand shahrida imzolangan «Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya» va Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida chegara nuqtasi bo‘yicha imzolangan shartnomani olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bayonot berdi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida»gi Xo‘jand deklaratsiyasini hamda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan yaqinda imzolangan chegara to‘g‘risidagi kelishuvni olqishlaydi. Bu kabi qadamlar mintaqaviy integratsiyani qo‘llab-quvvatlash va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Umid qilamizki, bu kelishuv yanada kengroq iqtisodiy imkoniyatlarga, uch mamlakat xalqlari o‘rtasidagi yaqin aloqalarga va umuman mintaqaning mustahkamlanishiga olib keladi», deyiladi bayonotda.
31 mart kuni Xo‘jand shahrida Shavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarov tomonidan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025