Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi
Jinoyat ishi Ruminiya prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi tomonidan tergov qilinmoqda.
Hollivud aktyori Jan-Klon Van Damm ismi odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni tashkillashtirishga oid jinoyat ishi doirasida tilga olinmoqda. Hotnews portalining yozishicha, aktyor fohishalikka majburlangan ruminiyalik ayollar xizmatidan foydalangan.
Ish Ruminiya prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi (DIICOT) tomonidan tergov qilinyapti. Qurbonlardan biri ko‘rsatma bergan va hodisa Kannda sodir bo‘lganini aytgan. Van Damm «ekspluatatsiya qilinadigan shaxsning xizmatlaridan foydalanganlikda» ayblanmoqda.
Jinoiy tarmoq ruminiyalik biznesmen Morel Bolya tomonidan tashkil etilgan — u EuroDemos notijoriy tashkiloti prezidenti va Kasta Morrely moda agentligi egasi hisoblanadi. 2022 yil noyabrda u voyaga yetmaganlar savdosida ayblanib, hibsga olingan. Tergov OAVda tadbirkorga tegishli tashkilotlarda ayollar jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikka uchragani haqida xabarlar tarqalganidan keyin boshlangan.
«2000-2016 yillar oralig‘ida bir necha jabrlangan shaxs (o‘sha davrda voyaga yetmagan) Yassi munitsipalitetida tashkil etilgan nodavlat tashkilot va moda agentligi orqali ishga yollangan hamda keyinchalik psixologik majburlash (manipulyatsiya va emotsional zo‘ravonlik) yordamida jinsiy ekspluatatsiyaga uchragan», — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, kamida besh nafar jabrlanuvchi aniqlangan, tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:30 / 06.05.2025