AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
U AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga mustaqil ravishda O‘zbekistonga qaytishini maslahat berdi.

Jonatan Henik
O‘zbekistondagi AQSh elchisi Jonatan Henik Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni o‘z ixtiyori bilan vatanga qaytishga chaqirdi.
«Ishonamanki, AQShda noqonuniy bo‘lib turgan minglab o‘zbeklar bor. Men bu shaxslarga O‘zbekistonga o‘zi qaytishini maslahat bergan bo‘lardim. Aks holda, ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin», dedi Henik.
Elchi so‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab o‘zbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yo‘llar orqali AQShga kirganini, oqibatda noqonuniy bo‘lib turgan taxminan minglab o‘zbekistonliklar borligini qayd etdi.
Avvalroq, Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy migrantlarga «o‘z-o‘zini deportatsiya qilish» imkonini beruvchi mobil ilovani taqdim etdi. AQSh bojxona va chegara xizmati (CBP) tomonidan ishlab chiqilgan CBP Home ilovasi migrantlarga mamlakatni tark etish «niyatini» e’lon qilish imkoniyatini beradi.
«CBP Home ilovasi xorijliklarga o‘zini o‘zi deportatsiya qilish orqali hoziroq ketish imkoniyatini beradi, shunda ular kelajakda qonuniy yo‘l bilan qaytishi va Amerika orzusiga erishishi mumkin», dedi Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noem. «Agar ular buni qilmasalar, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular hech qachon qaytib kelmaydi», deb qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

22:38 / 05.04.2025
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

13:35 / 05.04.2025