O‘zbekiston | 12:52 / 03.04.2025
1777
1 daqiqa o‘qiladi

Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

"O‘zaviatsiya" Oman Air aviakompaniyasiga Masqat - Toshkent - Masqat yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirdi. 

Foto: O‘zaviatsiya

Ummon Sultonligining Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

"O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2025 yil 2 aprelida Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Masqat - Toshkent - Masqat yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishda foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi. 

Bu O‘zbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan amalga oshirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid