Porsche konserni tank ishlab chiqarishni boshlashi mumkin
Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasi og‘ir iqtisodiy ahvolda. Shu bois konsern mudofaa sanoatiga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Wikipedia
Germaniyaning Porsche avtomobilsozlik kompaniyasi ko‘p milliardlik yo‘qotishlari sabab yangi biznes yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda, ulardan biri mudofaa sanoati bo‘lishi mumkin. Bu haqda Europäische Sicherheit & Technik mudofaa texnologiyalariga oid jurnaldagi maqolada so‘z boradi.
Konsern 2024 yilda 20 milliard yevro zarar ko‘rgan, shu bois Porsche rahbariyati qat’iy tejamkorlik choralari va yangi biznes yo‘nalishlarini izlamoqda. Ular orasida kompaniyaning qurol bozoriga kirishi ham muhokama qilinyapti.
Nashrning qayd etishicha, Porsche — Germaniya Mudofaa vazirligi bilan ishlashda tajribaga ega. 1958 yildan 1965 yilga qadar kompaniya bosh pudratchi sifatida bundesver uchun «tip 814» nomi ostida tank ishlab chiqargan. Keyinchalik ushbu ishlanmalar Leopard tanklarining birinchi avlodi asosini tashkil etgan.
Bundan tashqari, 2024 yilda Porsche dronlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Quantum Systems startapiga investitsiya kiritgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Porsche mudofaa loyihalariga 2 milliard yevrogacha sarmoya yo‘naltirishi mumkin.
O‘z navbatidagi Porsche SE holding vakili Kristof Tsemelka kompaniya mudofaa sanoatiga e’tibor qaratishi mumkinligini rad etdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

14:06 / 26.10.2024
Porsche qimmatbaho qahva mashinasi va qahva maydalagichni taqdim etdi

19:21 / 27.02.2024
Porsche bilan hamkorlikdagi 2699 yevrolik buklamafon va AIʼga integratsiyalashgan Magic 6 Pro - Honorʼdan yangi gadjetlar

15:41 / 11.05.2023
“Ikkitasi birda”: Bentley’dan Porsche’gacha - yo‘ltanlamas sportkarlar (fotojamlanma)

20:42 / 01.05.2022