Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekistonda Arab tili ta’limi va madaniyati markazini ochishi mumkin
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklaridagi yetakchi "Al-Qosimiya" universiteti delegatsiyaning yurtimizga amaliy safari tashkil etildi.
BAA vakillari safar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda oliy ta’lim jabhasida akademik aloqalarni yanada jadallashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Iqtisodiyot va IT texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish, tilshunoslik yo‘nalishida talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘shish, birgalikda ma’ruzalar va seminarlar tashkil qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
"Al-Qosimiya" universiteti delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, mazkur hududlardagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muloqot qildi.
Tomonlar Arab tili ta’limi va madaniyati markazini ochish, arab tili o‘qituvchilarining malakalarini oshirish, Buxorodagi madaniy meros obektlarini saqlash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga ahdlashib oldilar.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025