Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy okeanning isishi G‘arbiy sohilda nam ob-havoni yuzaga keltiradi - olimlar
Aniqlanishicha, Janubiy okean boshqa dengiz va okeanlarga nisbatan issiqlikni ko‘proq yutish xususiyatiga ega.
Global isish tufayli Antarktida va boshqa qit’alar orasida joylashgan Janubiy okean atmosferadan yutgan issiqlikni asta-sekin qaytarib chiqarishi natijasida, uzoq muddatli istiqbolda Sharqiy Osiyo va AQShning g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik miqdori ortadi. Bu haqda Kornel universiteti boshchiligida o‘tkazilgan tadqiqotda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Janubiy okean boshqa dengiz va okeanlarga nisbatan issiqlikni ko‘proq yutish xususiyatiga ega. Sababi – uning tubidagi sovuq suvlar kuchli ko‘tariladi, biroq vaqt o‘tishi bilan ushbu suvlar isiydi va issiqlikni atmosferaga qaytaradi.
Natijada issiqlik taqsimlanib, «telekonnektorlar» shakllanadi va Sharqiy Osiyoda yozgi va AQShning g‘arbiy qismida qishki yog‘ingarchilik miqdori ortadi. Bu kabi telealoqalar El-Nino iqlim hodisasining ta’siriga o‘xshab ketadi.
Tadqiqot modelidagi prognozlarga ko‘ra, okean issiqlikni sekin chiqarishi sababli ushbu yog‘ingarchilik o‘zgarishlari 150 yilgacha davom etishi mumkin — bu hatto issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan harakatlar olib borilsa ham sodir bo‘ladi.
Tadqiqot, shuningdek, Janubiy okean ustidagi bulutlar dengiz yuzasi haroratini muvozanatlashtiruvchi asosiy omillardan biri ekanini aniqlagan. Antarktidada Janubiy okeandagi bulutlar o‘rtasidagi qayta aloqa to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan kuzatuv obektlari kam, shu bois ularning soni oshishi, o‘z navbatida prognozlarni yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
23:23 / 28.04.2025
Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi
22:40 / 17.04.2025