Jamiyat | 17:26 / 04.04.2025
4771
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ogohlantirdi

Aeroportda modernizatsiya ishlari olib boriladi, shu bois yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni cho‘zilishi mumkin.

Foto: TASS

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ba’zi noqulayliklar haqida ogohlantirdi.

«30 aprelgacha «Vnukovo» aeroportida nazorat punktlarini modernizatsiya qilish ishlari olib boriladi, shu munosabat bilan parvozoldi yo‘lovchi protseduralari uchun sarflanadigan vaqt ortishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways parvozoldi nazoratidan o‘z vaqtida o‘tish uchun aeroportga yetib kelishni parvozdan kamida 3 soat oldin rejalashtirishni qat’iy tavsiya qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid