Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etmoqchi
Xitoyning Sino Road and Bridge Corporation korporatsiyasi O‘zbekistonda transport infratuzilma loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
Transport vazirligi ma’lum qilishicha, transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev ushbu korporatsiyaning xorijiy bo‘limi ijrochi bosh direktori Jimmi Chang boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar transport sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Xitoy kompaniyasining ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Jumladan, Jimmi Chang Sino Road and Bridge Corporation korporatsiyasi temiryo‘l, aviatsiya va yo‘l xo‘jaligi infratuzilmalarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirgan.
Jasur Choriyev Sino Road and Bridge Corporation korporatsiyasiga Toshkent, Samarqand va Qo‘qon shaharlarida joylashgan temiryo‘l vokzallarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi hamda transport sohasidagi boshqa istiqbolli loyihalarda ishtirok etishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida transport vaziri o‘rinbosari muhokama etilgan loyihalar yuzasidan Sino Road and Bridge Corporation korporatsiyasiga har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan aniq takliflarni ishlab chiqish zarurligini aytdi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025