YeI Markaziy Osiyo uchun 12 mlrd yevrolik investitsiyalar paketini e’lon qildi
4 aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammitida Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 12 milliard yevrolik sarmoya paketi ajratilishini e’lon qildi.

Fon der Lyayyen o‘z nutqida hamkorlikning to‘rtta asosiy yo‘nalishi: Transkaspiy transport koridorini rivojlantirish, muhim xomashyodan barqaror foydalanishni ta’minlash, yashil energiya va raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.
«Taraqqiyotni tezlashtirish uchun bugun men 12 milliard yevrolik Global Gateway investitsiya paketini e’lon qilishdan xursandman. Bu bizning Ittifoq va a’zo davlatlar sarmoyalarini birlashtiradi. Biz buni Yevropa jamoasining yondashuvi deb ataymiz. Va u Markaziy Osiyoda yangi loyihalar oqimini boshlaydi. Bu haqiqatan ham o‘zaro do‘stligimizdagi yangi davrning boshlanishi», — deya ta’kidladi fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya rahbari, shuningdek, Markaziy Osiyoning Yevrosiyo transport xaritasining asosiy bo‘g‘ini sifatidagi strategik ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuning uchun mintaqa Global Gateway doirasida ustuvor ahamiyatga ega.
Fon der Lyayyen o‘tgan yili Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun 10 milliard yevro ajratilganini, buning natijasida 2025 yilga borib Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovarlarni yetkazib berish muddati ikki baravar – 15 kungacha qisqartirilishi kerakligini eslatdi.
Mavzuga oid

13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi

20:02 / 24.05.2025