Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Tramp va Maskka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi - fotolar
«Qo‘lingni tort!» shiori ostidagi aksiyada barcha shtatlar ishtirok etdi. Bu vaqtda esa Tramp o‘z qarorgohida golf o‘ynash bilan mashg‘ul.
5 aprel kuni Amerikaning barcha 50 ta shtatida prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi miting va namoyishlar o‘tkazildi. Tashkilotchilari orasida kasaba uyushmalari, huquq faollari, fuqarolik huquqlari muhofazasi sohasidagi birlashmalar bo‘lgan namoyishlar «Qo‘lingni tort!» shiori ostida birlashdi. Associated Press qayd etishicha, mitinglar tinch ruhda o‘tgan, qo‘lga olinganlar haqida xabarlar kelib tushmagan. Trampga qarshi bu kabi norozilik aksiyalari u prezidentlikka qaytgan kunlarda ham bo‘lib o‘tgandi. Ammo ular hozirgi kabi ommaviy tus olmagandi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab jami 1400 ga yaqin aksiya uyushtirildi. Palm-Bich shahrida, Trampning qarorgohi yaqinida ham yuzlab kishilar namoyishga chiqqan. Oq uy prezident Tramp shanba kuni o‘z qarorgohida golf o‘ynagani va «yakshanba kuni ham shu ish bilan shug‘ullanmoqchiligi»ni xabar qilgan. «Meduza» namoyishlar vaqtida olingan fotosuratlarni jamladi.
Los-Anjyeles
Namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab Manhetten markazidan Alyaskadagi Ankorij shahrigacha bo‘lgan shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Xususan, Sietlda namoyishchilar «Oligarxiyaga qarshi kurash» plakatlarini ko‘tarib chiqishdi. Portlend, Oregon, Los-Anjyeles ko‘chalarida ko‘p sonli aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Bostonda namoyishchilar «Demokratiyamizdan qo‘lingni tort» va «Ijtimoiy ta’minotdan qo‘lingni tort» yozuvli plakatlarini, Los-Anjyelesda «Ta’limdan qo‘lingni tort», «Qarshilik ko‘rsat» kabi so‘zlar tushirilgan plakatlarini ko‘tarishgan.
Namoyishchilar Tramp va uning eng yaqin maslahatchisi Ilon Maskning minglab federal xizmatchilarni qisqartirish, muhojirlarni deportatsiya qilish, transgenderlar himoyasini zaiflashtirish, ijtimoiy dasturlarni, jumladan, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni qisqartirish bo‘yicha harakatlarini qoraladi.
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
EPA/ALLISON DINNER
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
REUTERS/Daniel Cole
Nyu York
Gina M Randazzo/ ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Emily Cotler / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Bryan Smith / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Andrea Renault / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Milo Hess / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Eduardo Munoz / Reuters / Scanpix / LETA
Jimin Kim / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Gina M Randazzo / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Bryan Bedder / Getty Images
San-Fransisko
Stephen Lam / San Francisco Chronicle / AP / Scanpix / LETA
Santa-Barbara
Amy Katz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Amy Katz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Amy Katz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Tampa
Dave Decker / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dave Decker / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dallas
Vashington
Vashingtondagi mitingda Demokratik partiyadan kongress a’zolari ishtirok etdi, ularning ba’zilari namoyishda chiqish qildi. «Bizning asoschilarimiz „Biz, diktatorlar“ so‘zlari bilan emas, balki „Biz, xalq“ so‘zlari bilan boshlanadigan Konstitutsiyani yozgan», – dedi Demokratik partiyadan kongressmen Jyeymi Raskin.
Bundan tashqari, aksiyada Human Righs Campaign inson huquqlari tashkiloti rahbari Kelli Robinson so‘zga chiqib, Oq uyning ozchiliklar hamjamiyatiga nisbatan siyosatini tanqid qildi. «Biz kuzatayotgan hujumlar faqat siyosiy xarakterga ega emas. Ular shaxsiy xarakterga ega. Ular kitoblarimizni taqiqlashga urinmoqda, OIV profilaktikasi uchun mablag‘larni qisqartirmoqda, shifokorlarimizni, o‘qituvchilarimizni, oilamizni va hayotimizni jinoiy javobgarlikka tortmoqda. Biz bunday Amerikani xohlamaymiz. Biz qadr-qimmat, xavfsizlik va erkinlik ba’zilarimizga emas, balki barchamizga tegishli bo‘lgan Amerikani istaymiz», – deya uning so‘zlarini keltiradi Associated Press.
Aaron Schwartz / Bloomberg / Getty Images
Probal Rashid / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Probal Rashid / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
09:03 / 28.05.2025