Buyuk Britaniya gipertovushli raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Mudofaa vazirligiga ko‘ra, sinovlar olti hafta davom etgan. Ushbu dvigatel oddiy raketalarga nisbatan uzoqroq parvoz qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Foto: gov.uk
AQShdagi NASA Langley tadqiqot markazida gipertovushli dvigatel ustida 233 ta muvaffaqiyatli statistik sinov o‘tkazdi. Sinovlar Max tezlik ko‘rsatkichlarining barcha diapazonini qamrab olgan va dvigatel konstruksiyasi ishonchliligini tasdiqlagan. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Gipertovushli qurol uchun dvigatelni yaratish bilan Buyuk Britaniya va AQShning maxsus muassasalaridan iborat guruh shug‘ullanmoqda. Ishlar Buyuk Britaniyaning Mudofaa fan va texnologiyalar laboratoriyasi rahbarligida olib borilyapti. Guruh tarkibidan AQSh Harbiy-havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasi va bir nechta hamkorlar, jumladan, UK SME Gas Dynamics Ltd kompaniyasi o‘rin olgan.
Sinovlar 2030 yilga borib gipertovushli qurol prototipini tayyorlash doirasida o‘tkazilgan. Bu kelajakda Britaniya Qurolli kuchlariga ustunlik taqdim etishi kutilmoqda. Sinovlar olti hafta davom etgan. Dvigatel oddiy raketalarga nisbatan uzoqroq parvoz masofasini ta’minlaydi.
«Biz tobora xavfli bo‘lib borayotgan dunyoda yashayapmiz va qo‘shinlarimizni kelajak texnologiyalari bilan ta’minlash, innovatsiyalar joriy etish hamda raqiblarimizdan bir qadam oldinda bo‘lish ayni vaqtda biz uchun har qachongidan muhimroq», — deydi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili.
2024 yil dekabrda Dark Eagle nomi bilan tanilgan uzoq masofali gipertovushli raketani (Long Range Hypersonic Weapon) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan edi. Noyabr oyi o‘rtalarida esa Hindiston o‘zining birinchi uzoq masofali gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan. Raketa har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazishga qodir.
Mavzuga oid

08:30
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

19:40 / 06.04.2025
Buyuk Britaniya sohillaridan Rossiya atom suvosti kemalarini kuzatishda foydalangan datchiklar topildi

00:46 / 01.04.2025
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot

18:39 / 27.03.2025