Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kawasaki o‘zining robot otini namoyish etdi. U tog‘larda ham yugura oladi
Yaponiyaning Kawasaki kompaniyasi Osaki Kansai Expe ko‘rgazmasida Corleo nomli moto-oti konseptini taqdim etdi.
Habr’ning yozishicha, robot vodorod dvigateli bilan jihozlangan, u moto-otning 4 ta oyog‘ini harakatga keltirish uchun elektr energiya ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.
Robot boshqaruvi sun’iy intellektli bort kompyuteri tomonidan amalga oshiriladi. Ot har qanday joyda, jumladan, tog‘li va qorli hududlarda ham harakatlana oladi. Tunda ham bemalol yura oladi.
Hozircha bu konseptual model bo‘lib, Kawasaki robotni seriyali ishlab chiqarishni 2050 yilga mo‘ljallamoqda. Moto-otning narxi ham ma’lum emas.
Ishlab chiqaruvchilar robotning yangi shaxsiy transport vositasiga aylanib, mashinada chiqish imkonsiz bo‘lgan joylarga xavfsiz sayohat qilish imkonini taqim etishiga ishonch bildirmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
18:24 / 05.04.2025
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
00:41 / 24.03.2025