Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi samimiy va ochiq muloqotdan xursand bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.
«Samimiy va ochiq muloqotdan xursand bo‘ldim. Do‘stlik va hamkorlik haqida gaplashish doimo mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘zbekistonga xush kelibsiz!» — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Valentina Matviyenkoni qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid

20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva

20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

17:21 / 14.05.2025
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

16:04 / 10.05.2025