Jahon | 12:05
2002
2 daqiqa o‘qiladi

Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi 

Britaniya harbiylari qirg‘oqda topilgan rus datchiklari qirollikning yadroviy suvosti kemalari bo‘yicha josuslik qilish uchun ishlatilgan va milliy xavfsizlikka tahdid deb gumon qilmoqda, deb yozadi The Telegraph gazetasi.

Foto: Andy Buchanan/PA/picture alliance

Buyuk Britaniya hukumati Rossiya Britaniya yadroviy suvosti kemalari bo‘yicha josuslik qilish uchun datchiklardan foydalangan deb hisoblaydi. Ular qirollik dengiz floti tomonidan bir nechtasi qirg‘oqqa chiqib kelganidan so‘ng topildi, deb yozadi The Telegraph gazetasi 6 aprel, yakshanba kuni. Topilma milliy xavfsizlikka potensial tahdid sifatida baholanmoqda, deyiladi maqolada.

Vaziyat haqida jamoatchilikka xabar berilmagan, biroq The Sunday Times avvalroq Moskva yadroviy raketalar bilan qurollangan Britaniyaning to‘rtta Vanguard suvosti kemasi bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini to‘plashga urinayotgani haqida xabar bergan edi. Nashrning qayd etishicha, ulardan kamida bittasi Britaniyaning tashqi tahdidlar oldini olish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari doirasida doimiy ravishda dengizdadir.

The Telegraph ta’kidlaganidek, Moskvada, Londondagi razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilarining suvosti kemalariga qaraganda «dengiz tubidagi urush va josuslik nuqtayi nazaridan» yaxshiroq jihozlangan maxsus suvosti kemalari parki bor.

Mavzuga oid