Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
YTH transport vositasining tormoz tizimidagi texnik nosozlik oqibatida yuzaga kelgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 8 aprel kuni soat 13:10 larda Asaka tumani Yangisor mahallasi hududida ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib kelayotgan «Zil MMZ» rusumli yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi xonadonga borib urilgan. Hodisa transport vositasining tormoz tizimida kelib chiqqan texnik nosozlik sabab yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, «Zil» xonadon devorini buzib kirib ketgan va uning ustiga uy tomining bir qismi qulab tushgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashina haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.
Holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

11:29 / 10.04.2025
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

16:51 / 09.04.2025