O‘zbekiston | 17:00 / 08.04.2025
3490
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Qor ko‘chkisining hajmi 750 metr kub bo‘lgan. Hodisa oqibatida talafot bo‘lmagan va hech kim jabrlanmagan.

Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 5 aprel kuni soat taxminiy 6:00-11:00 oralig‘ida Chimyon dam olish hududida shimoliy ekspozitsiyadan aralash qor qoplamidan 1 dona qor ko‘chkisi tushgan. Uning hajmi 750 metr kub bo‘lgan.

“Talafot bo‘lmadi va jabrlanganlar yo‘q. Tog‘li hududlarda ob-havoning noqulayligi hamda yog‘ingarchilik bo‘lganligi sababli muddatidan kech berilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zgidromet 8–9 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab 8 ta viloyatda sel xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga oid