Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
Ushbu hisobotni tuzishda Xitoy, KXDR va Vetnamda o‘limga hukm qilinganlar soni hisobga olinmagan.

Foto: AP
2024 yilda dunyoning 15 ta davlatida 1518 kishi qatl etildi, deyiladi Amnesty International xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti hisobotida. Bu 2015 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir (o‘shanda 1634 ta qatl etish holati ro‘yxatga olingan).
Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, ularning ma’lumotlari «Xitoyda qatl etilgan minglab odamlarni» o‘z ichiga olmaydi. Bundan tashqari, tashkilotda KXDR va Vetnamda o‘limga hukm qilinganlar, shuningdek, jangovar harakatlar davom etayotgan Suriya va Falastinda o‘ldirilganlar soni bo‘yicha ham ma’lumotlar mavjud emas.
Hisobotda qayd etilishicha, o‘lim jazosi qo‘llanayotgan davlatlar soni butun kuzatuvlar tarixida ketma-ket ikkinchi yil eng past darajada qolmoqda.
O‘tgan yili o‘lim jazosining katta qismi Eron (972), Iroq (63) va Saudiya Arabistonida (345) ijro etilgan. Qatl etilganlarning 1380 tasi ushbu davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur uchta davlatda o‘tgan yili o‘limga hukm qilinganlar soni undan oldingi yilga nisbatan oshgan.
«Eron, Iroq va Saudiya Arabistoni so‘nggi bir yilda inson huquqlarini poymol qilish va odamlarni giyohvandlik hamda terrorizm bilan bog‘liq ayblovlar bilan shafqatsizlarcha hayotdan mahrum etish orqali o‘lim holatlarining keskin oshishi uchun javobgar», — deydi Amnesty International bosh kotibi Agnes Kallamar.
Shu bilan birga, Kallamarning ta’kidlashicha, Eron va Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi «gapirishga jur’at etganlarning ovozini o‘chirish uchun» qo‘llanadi.
Mavzuga oid

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

16:43 / 13.04.2025