Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda
2024 yilda Ozarboyjondan Yevropaga gaz yetkazib berish hajmi 12 mlrd kub metrdan oshdi, 2026 yildan esa bu ko‘rsatkichni 14 mlrd kub metrga yetkazish ustida ishlar olib borilmoqda.

Foto: Daily Sabah
Shoh Dengiz koni gazni xavfsiz va samarali tarzda qazib chiqarishni davom ettirmoqda, bu Ozarboyjonning Yevropa va mintaqaviy bozorlarga sodiqligini namoyon etmoqda.
«2024 yilda bu konda taxminan 28 mlrd kub metr gaz qazib olindi, bu rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan yuqori. Bugungi kunda Shah-Deniz BP kompaniyasining eng yirik gaz qazib oluvchi loyihasi bo‘lib qolmoqda. Uning quvvati kuniga taxminan 79 mln kub metr gazni qazib olish va qayta ishlash imkonini beradi», — dedi BP Plc’ning Ozarboyjon, Gurjiston, Turkiya, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi loyihalar bo‘yicha vitse-prezidenti Mett Kirkhemning so‘zlarini keltirmoqda «Interfaks».
Uning so‘zlariga ko‘ra, TAP gaz quvurini kengaytirish ishlari ham davom etmoqda.
«Biz 2026 yildan boshlab Yevropaga umumiy eksport quvvatini taxminan 14 mlrd kub metrgacha oshirishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, Shah-Deniz konida xavfsizlik, ish samaradorligi va barqarorlikni oshirish ustida ham ishlayapmiz», — dedi Kirkhem.
2024 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra, Shoh Dengizdagi barcha beshta dengiz osti flangi faoliyatga tushirilgan.
«Yaqin yillarda oltita qazib chiqaruvchi quduqni foydalanishga topshiramiz, — dedi BP’ning yuqori lavozimli menejeri. — Bu orqali biz bozorlar oldidagi majburiyatlarimizni bundan keyin ham bajarishda davom etamiz».
Qiymati 33 mlrd dollar bo‘lgan Janubiy gaz koridori Kaspiybo‘yi mintaqasidan Yevropaga gaz yetkazib berish uchun qurilgan. JGKning asosiy qismlariga quyidagilar kiradi: Shoh Dengiz loyihasining ikkinchi bosqichi, Janubiy Kavkaz gaz quvuri magistral tarmog‘ini (Boku—Gurjiston-Turkiya chegarasigacha) kengaytirish, Turkiyaning sharqiy va g‘arbiy chegaralarini bog‘laydigan Transanatoliya gaz quvuri (TANAP) qurilishi hamda Gretsiya, Albaniya va Italiyaning janubini bog‘laydigan Transadriatik gaz quvuri (TAP).
Mavzuga oid

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi

08:28 / 05.04.2025