Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg

Foto: Merkur.de
7 aprel, dushanba kuni Ilon Maskning Tesla kompaniyasi aksiyalari qiymati keskin tushib ketdi va savdolar allaqachon psixologik chegaradan pastda amalga oshmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Bundan avval AQSh savdo vaziri Hovard Latnik bunday holat hech qachon ro‘y bermasligini taxmin qilgan edi. Ammo savdolar boshlanishi bilanoq Tesla Inc. aksiyalari keskin pasayishni davom ettirdi.
Xususan, ular 10 foizdan ziyodroqqa — 214,80 dollargacha tushgan. Bu holat AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan bojlar sabab jahon bozorlarida yuz bergan tahlillar fonida sodir bo‘ldi.
E’tiborli tomoni shundaki, Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng Tesla aksiyalari narxi keskin oshgan edi. Biroq Ilon Maskning siyosiy tortishuvlari tufayli qiymat pasaya boshladi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu ayrim avtomobil xaridorlarini chekinishga majbur qildi va kompaniyaga qarshi noroziliklarni keltirib chiqardi.
«Xitoyliklarning Trampning boj siyosatiga hamda uning Mask bilan aloqadorligiga nisbatan negativ reaksiyasini yetarlicha baholamaslikning iloji yo‘q. Bu holat xitoylik iste’molchilarni mahalliy mahsulot xarid qilishga yanada ko‘proq undaydi», — dedi Wedbush Securities tahlilchisi Deniyel Ayvs.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

20:41 / 14.04.2025
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda

23:25 / 13.04.2025