Tramp Xitoyga ultimatum qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tomonidan AQSh bojlariga javob sifatida qabul qilingan so‘nggi tarif choralari bekor qilinmasa, Xitoyga nisbatan qo‘shimcha 50 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Foto: Reuters
Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Amerika prezidenti Xitoyning AQSh tovarlariga nisbatan 34 foizlik miqdorida bojlar joriy qilish qaroridan qattiq norozi bo‘lganini bildirdi.
U AQSh shunday choralarga «ilgari belgilangan bojlarga qo‘shimcha ravishda yangi, ancha yuqori bojlar» bilan javob qaytarashini avvaldan aytganini eslatdi.
«Agar Xitoy o‘zining 34 foizlik tarif oshirishini, bu davom etib kelayotgan savdo suiste’mollaridan tashqariga o‘tgan chorasini, ertaga — 2025 yil 8 aprelgacha bekor qilmasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari 9 apreldan boshlab Xitoyga nisbatan 50 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy etadi», — deb yozgan Tramp.
Shuningdek, u: «Xitoy tomonidan biz bilan uchrashuv so‘rovlari bo‘yicha olib borilayotgan barcha muzokaralar to‘xtatiladi», deb qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Donald Tramp Xitoydan AQShga bo‘ladigan barcha importga 54 foiz miqdorida bojlar joriy etilishini e’lon qilgandi — bu xorijiy davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
AQSh prezidenti Donald Tramp savdo bojlari tufayli fond bozorida yuz bergan pasayishlarni izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning niyati bozorlarni qulatish bo‘lmagan, biroq iqtisodiy muvozanatni tiklash uchun ayrim choralarga zaruriyat bo‘lgan.
Tramp 6 aprel kuni o‘z samolyoti sahnida intervyu bera turib, kiritilayotgan bojlarni Xitoy bilan savdo defitsitini bartaraf etish vositasi sifatida targ‘ib qildi. Unga ko‘ra, AQSh har yili yuz milliardlab dollar yo‘qotmoqda, toki Pekin profitsitni yo‘qotmas ekan, muzokaralardan manfaat bo‘lmaydi.
Qayd etish joizki, agar Tramp yana qo‘shimcha bojlar joriy etsa, Xitoy mahsulotlariga qo‘llanadigan bojlar miqdori 104 foizga oshadi.
Mavzuga oid

23:01 / 16.04.2025
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

19:10 / 16.04.2025
NYT: AQSh 30 ga yaqin diplomatik missiyalarini yopishni rejalashtirmoqda

18:36 / 16.04.2025