Jahon | 14:40 / 09.04.2025
12918
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukraina yaqinidagi Polsha aerodromidan kuchlarini olib chiqib ketyapti

Qo‘shma Shtatlar G‘arbning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish markazi bo‘lgan Jyeshuvdan Polshaning boshqa qismlariga shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini qayta joylashtirmoqda.

Foto: Getty Images

Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini G‘arbning Ukrainaga harbiy yordami uchun asosiy logistika markazi bo‘lgan Jyeshuv yaqinidagi Yasyonka Polsha harbiy aerodromidan olib chiqilishini e’lon qildi. U yerdagi harbiy xizmatchilar va jihozlar Polshadagi boshqa joylarga ko‘chiriladi, deb xabar berdi AQSh armiyasining Yevropa va Afrikadagi quruqlikdagi qo‘shinlarining Visbadenda joylashgan qo‘mondonligi 7 aprel, dushanba kuni.

Bayonotda aytilishicha, bu harakat harbiy amaliyotlarni tartibga solish, ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashni yaxshilash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha kengroq strategiyaning bir qismi bo‘lgan «uzoqdan beri rejalashtirilgan» aksiyadir. Qaror Polsha va boshqa NATO ittifoqchilari rasmiylari bilan kelishilgan.

Qo‘mondon Kristofer Donaxyu, boshqa narsalar qatorida, bu chora «Amerika soliq to‘lovchilarining o‘n millionlab dollarlarini tejashga yordam beradi» dedi. «Ushbu obekt Polshaning doimiy harbiy bazasi emas, lekin uch yil davomida AQSh, NATO va hamkor kuchlar tomonidan foydalaniladi», — deyiladi bayonotda.

Qo‘mondonlik shuningdek, Polsha janubi-sharqidagi aerodromdan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda foydalanishda davom etishini ta’kidladi. Rossiyaning keng ko‘lamli urushi boshlangandan so‘ng, amerikalik askarlar Yasyonkaga, shu qatorda aerodromni Patriot RQM tizimlari bilan himoya qilish uchun joylashtirildi. Endi Polsha boshqa NATO ittifoqchilari bilan birgalikda aerodromni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. So‘nggi oylarda u yerda Germaniya va Norvegiyaning Patrion tizimlari o‘rnatildi.

Mavzuga oid