O‘zbekiston | 15:35 / 09.04.2025
5404
1 daqiqa o‘qiladi

“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

Ma’lum bo‘lishicha, yigit yaxshi ko‘rgan qizi iltimos qilgani va gaz pedaliga oyog‘i yetmagani uchun Matiz’ni shunday boshqarishga rozi bo‘lgan.

Surxondaryoda Matiz’ni haydovchi o‘rindig‘ida ikki kishi bo‘lib boshqargan yigit va qizga chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)

Ta’kidlanishicha, idora tomonidan transport vositasini boshqarish jarayonida o‘zlarining xavfli va bachkana harakatini tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan mazkur huquqbuzarlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Viloyat YHXB e’lon qilgan videoda yigit va qiz qilgan ishidan pushaymonligini aytib, uzr so‘ragan.

Асрор Абдуназаров
Tayyorlagan Асрор Абдуназаров

Mavzuga oid