Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
Norin, Shahrisabz, Uchko‘prik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahalla ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Foto: O‘zA
«Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:
- limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish;
- xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jyem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, o‘rnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yo‘lga qo‘yish;
- amaldagi kreditlar va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalashtirish orqali limonchilik xo‘jaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish.
Shuningdek, Norin, Shahrisabz, Uchko‘prik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahalla ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi hamda ushbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon ko‘chati yetishtiriladi.
2025 yil yakuniga qadar dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida mavjud limon yetishtiriladigan yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi hamda ma’lumotlar «Online mahalla» elektron platformasiga kiritiladi.
Bundan tashqari, limonning sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish hamda ularning ko‘chatini jadal ko‘paytirishga qaratilgan maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilinadi.
Mavzuga oid

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

12:24 / 06.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

14:53 / 31.03.2025