Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Lloyd’s of London sug‘urta tashkiloti raisi Bryus Karnegi-Braun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bryus Karnegi-Braun O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investorlar va sheriklar ishonchini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida Lloyd’s of London bilan O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish va uni global sug‘urta bozorida integratsiyasi qilish, mamlakat mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi
14:53 / 11.02.2025
Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun majburiy sug‘urta joriy etiladi
21:05 / 09.01.2025