O‘zbekiston | 17:59 / 09.04.2025
7927
1 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

Oila kodeksi va Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: PA Wire / TASS

Oila kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi mumkin.

Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar joy mulkoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid