Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
Bolalar Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi.

Foto: Dunyo
Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6-17 yosh oralig‘idagi to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona xodimlari Qiyin hayotiy vaziyatda bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi va Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda voyaga yetmagan bolalarning O‘zbekistonga qaytishi uchun barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan.
«Bolalar yaqin qarindoshlari oldiga yuborilishi uchun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi», — deyiladi xabarda.
Kuni kecha Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin esa Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola Toshkentga olib kelingan edi.
Mavzuga oid

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi

09:15 / 07.04.2025
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

12:17 / 25.03.2025