Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Mavlaviy Nur Jalol Jaloliy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: SSP
SSP xabar berishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, farmatsevtika va stomatologiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Afg‘oniston tomoni afg‘on yoshlarini o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz shahrida stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishni, shuningdek, xalqaro “Termiz savdo markazi” hududida Afg‘onistondan keladigan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 20 ga yaqin stomatologiya klinikasi filiallarini ochishni taklif qildi.
Farmatsevtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha esa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar tomonidan Afg‘onistonda dori-darmon vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi, shuningdek, bir marta import qilishga ruxsat berish tartibi joriy etish takliflari ilgari surildi. Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu sharoitlar, mahsulot sifati va raqobatbardosh narxlar bilan birgalikda, O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalari uchun Afg‘oniston bozoridagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkonini yaratadi. 2025 yil oxirigacha eksport hajmini 50 mln dollardan oshirishga barcha asoslar mavjud.
Mavzuga oid

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

16:09 / 09.04.2025
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temiryo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

13:53 / 05.04.2025