8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi
Tijorat maqsadida 8,1 tonna suyultirilgan gazning noqonuniy sotuvga chiqarilishi holati aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, inspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlandi.
“Hududgaz Andijon” GTFga qarashli gaz to‘ldirish shoxobchasidan tijorat maqsadida 8,1 tonna suyultirilgan gaz yuk mashinasiga yuklatilib, Shahrixon tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFYdan o‘tgan Andijon—Toshkent katta avtomobil yo‘lida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

13:35 / 11.04.2025
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi

10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025