Iqtisodiyot | 12:05 / 10.04.2025
1870
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirining «Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

Xususan, deklaratsiya qilayotgan shaxs tomonidan 31-grafa («Yuk joylari va tovar tavsifi». «Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi»)ni to‘ldirishda TIF TN kodlari 07, 08, 0904, 1008, 1202, 1207409000, 2008191900 bo‘lgan tovarlarni rasmiylashtiruvida fitosanitar sertifikatida ko‘rsatilgan mahsulot yetishtirilgan tuman (shahar) kodi ko‘rsatiladi. Agar fitosanitar sertifikatida ikki yoki undan ortiq tuman (shahar) ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir hududga tegishli tovarlar alohida tovar sifatida yoziladi

Shuningdek, O‘zbekiston bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning  28-grafasi («Moliya va bank ma’lumotlari») ham to‘ldiriladi. 

Bojxona to‘lovlari tasniflagichi quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilmoqda:

  • Xalqaro kurerlik jo‘natmalarining (1 kg (brutto) xalqaro kurerlik jo‘natmasi uchun) bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari – kodi 15;
  • Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilganlik uchun bojxona yig‘imi – kodi 47;
  • Bir intellektual mulk obektini bojxona reyestriga kiritilganlik uchun bojxona yig‘imi – kodi 54.

Bitim xususiyati tasniflagichi va Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari tasniflagichi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda (shu yerda tanishish mumkin).

Mavzuga oid