Jamiyat | 10:20 / 10.04.2025
5234
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi 

Elektromobilning akkumulyator qismida yong‘in kelib chiqqanligi aniqlangan.

Foto: FVB

10 aprel kuni soat 07:30 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:35 da yetib borib, yong‘in soat 08:28 da o‘chirildi.

Aytilgan manzilda elektomobilning akkumulyator qismida yong‘in kelib chiqqanligi aniqlangan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, barcha elektromobillarning batareyalari o‘zida juda katta miqdorda energiyani saqlashi sababli, xalqaro tajribaga muvofiq yong‘in chiqqan akkumulyator ichidagi elektr quvvati to‘liq tugagunga qadar akkumulyatorni sovitish ishlari amalga oshiriladi, shu sababli yong‘inni o‘chirish usuli boshqa oddiy yonilg‘ida yuruvchi avtomobillardan farq qiladi", deyiladi FVV xabarida.

Mavzuga oid